Khan Akademiyasi asosan o'zining video lavhalar to'plami bilan tanilgan. Suhbatimni davom ettirishdan avval, qisqa bir vieomontajni e'tiboringizga havola etsam. (Video) Salman Khan: Xullas gipotenuza beshga teng. Bu hayvonning qoldiqlari faqatgina Janubiy Amerikaning ushbu huddudida-- bu yerdagi ajoyib toza ???? va Afrikaning mana bu qismidan topilgan. Yuzadan ??? va jamlovchi belgi stigmadir??? Milliy Assambleya: Ular Jamoat Xavfsizligi Qo'mitasi, juda bir ajoyib qo'mitani tashkil qilishadi. E'tibor bering, bu aldehit va bunisi spirt. Xotira xo'jayralari va ta'sir etuvchi omillarni farqlaymiz. Galaktika. Ana, bu yerda yana bitta galaktika. Qarang, yana boshqa bir galaktika. Va dollarda, ularning 30 million dollariga Amerikalik ishlab chiqaruvchidan 20 million dollar qo'shilsa. Agar bu miyangizni shishirib yubormagan bo'lsa unda sizda hech qanday emotsiya yo'q. (Kulgi) (Qarsaklar) SK: Bizda hozir taqdim etilgan 2200 ta video: oddiy arifmetikadan tortib to vector hisobi haqidagacha, va shuningdek boshqa narsalarni ko'rishingiz mumkin. Saytimizdan oylik foydalanuvchi millionlab talabalar bor kunida 100 tadan 200.000 tagacha videolar tomosha qilinadi. Ammo biz bunda haqida aytmoqchi bo'lgan narsa, qanday qilib keyingi etapga o'tamiz. Ammo, buni aytishdan oldin, aslida qanday boshlaganim haqida qisqacha gapirib o'tmoqchiman. Ehtimol ba'zilaringiz bilarsiz, taxminan 5 yil avval, Hedj- fondda analitik edim. Va Bostonda turardim, New Orleanadagi jiyanlarimga masofali repetitorlik qilardim. Shu tariqa ilk YouTube videolarini yuklashni boshladim shunchaki yaxshi bo'ladi deb, shunchaki jiyanlarimga qo'shimcha dars sifatida-- ularni bilimini eslatib, yangilatib turadigan ba'zi narsalar. Va ushbu videolarni YouTubeda yuklashim bilanoq, qiziq narsa sodir bo'ldi -- to'g'rirog'i bir qancha ajoyib narsalar sodir bo'ldi. Birinchisi jiyanlarim qoldirgan izoh. Ular aytishdiki, ular meni jonlidan ko'ra YouTube da ko'proq afzal ko'rishibdi. (Kulgi) Va bunga boshqa tarafdan qaralsa, bunda chuqur bir mantiq bor edi. Ularning aytishicha, ular amakivachchalarining avtomatlashtirilgan variantini jonlisidan afzal ko'rishayotgandi. Boshida, bilinmadi ammo ularning nuqtai nazaridan o'ylab qaralganda, bu juda katta ma'no anglatardi. Gap shundaki, ular endi istagan paytda tanaffus qilishlari va yana takrorlashlari mumkin, meni vaqtimni sarflayotganlari haqida hijolat bo'lmay. Mabodo ubu narsani takrorlamoqchi bo'lsalar, ya'ni bir necha hafta avval o'rganilgan biror narsani, yoki yillar oldingisini, amakivachchalaridan iymanib so'rashga endi hojat yo'q. Shundoqqina videolarni qayta ko'rishlari mumkin. Zeriksalar yana davom.??? O'z vaqtlariga va mayllariga ko'ra tomosha qilishlari mumkin. eng boshida eng boshida miyaga yangi tushuncha qabul qildirishga urinish va senga lozim eng so'ngi narsa esa boshqa bir inson "Tushunayapsanmi?" deb so'rashi. Oldinlari aynan shu jiyanlarim bilan bo'lgan muloqotda sodir bo'layotgan edi. ammo hozir ular shunchaki o'zlari o'z honalarida bajarishlari mumkin. Ro'y bergan boshqa narsa esa -- men shunchaki YouYubega qo'ydim -- xususiy qilishga hech qanday sabab ko'rmadim, shu tufayli boshqalar ko'rishiga ham ruxsat berdim. Shundan keyin odamlar uni ko'ra boshlashdi. Va men bir qancha izohlar va xatlar ola boshladim, turli izohlar dunyo bo'ylab har hil odamlardan. Mana bular ulardan bir nechtasi. Aslida bu bir hisoblash haqidagi videomdan. va kimdir YouTubeda yozib qoldiribdi -- shunchaki YouTubedagi izoh: "Birinchi marta hosilani bajariyotib kulishim." (Kulgu) shu yerda biroz to'xtalamiz. U kishi hosilani yechgan va keyin kulgan. va keyin xuddi shu izohga bir javobda -- bu bilan bir qatorda. Youtubega kirib ushbu izohlarni ko'rib chiqishingiz mumkin -- boshqa biri: "bizda ham xuddi shunday" deb yozgan Haqiqatdan butun kun yaxshi va ko'tarinki kayfiyatda yurdim. Chunki, shuni eslaymaki, sinfda bularni hammasi matrix matnlardek ko'rinardi, lekin bu yerda xuddi men "Kung fu ni biladigandekman." (Kulgu) Shu tariqa biz bir talay izohlar olamiz. Bu insonlarga yordam berayotgani aniq edi. Biroq keyin, auditoria soni muntazam orta boshladi, men odamlardan xatlar ola boshladim, va bu shunchaki yaxshi narsa ekanligidan ham foydasi tegayotgani yaqqol ko'rina boshladi. Mana bu shunchaki shunday xatlarning biridan bir parcha. "12 yashar o'g'limda autism bor va matematikasi juda yomon edi. Hamma narsani sinab ko'rdik, hamma narsani ko'rib chiqdik, sotib oldik. Tasodifan sizni o'nliklar haqidagi videongizni uchratib qoldik va bu tushunarli bo'ldi. So'ngra qiyinroq kasrlar bilan davom etdik. Yana, u buni tushundi. Bunga ishonolmadik. U shunchalar hayojandaki." Hullas tasavvur qilishingiz mumkin, vaholanki hedge-fondda analitik edim. Ijtimoiy qiymatga ega biror narsa qilish men uchun yot narsa edi. (Kulgu) (Olqishlar) Ammo men zavqlanayotgan edim, shu sabab davom etaverdim. va so'ngra ayrim narsalarni anglay boshladim. Ya'ni, bu hozirda nafaqat mening jiyanlarimga, yoki xat yo'llayotgan insonlarga yordami tegayapti, balki uning mohiyati hech qachon eskirmaydi, va bu ularning farzandlariga ham yoki nabiralariga ham ko'maklashishi mumkin. Agar Isaak Nyuton YouTubeda hisoblash haqida video qo'yganida edi, meni qilishimga hojat qolmasdi. (Kulgu) U bunda yaxshi edi deb faraz qilamiz. Bilolmaymiz. (Kulgu) Yana bir narsa bo'ldi -- va hatto o'sha vaziyatda ham "Okay, balki bu yaxshi bir qo'shimchadir" deb qo'ydim. Bu intiluvchan talabalar uchun juda yaxshi. Balkim yana uy maktablari uchun ham yaxshidir. Likin men bu sinfxonagacha kirib boradi deb o'ylamagandim. Ammo keyin o'qituvchilardan xatlar ola boshladim. Va o'qituvchilar yozadiki, "Biz videolaringizni sinfni """da foydalanayapmiz. Siz darslarni o'tib berdingiz, endi biz nima qilamiz ..." va bu ertaga Amerikaning har bir sinfxonasida ro'y berishi mumkin, "... men nima qilyapman, men ma'ruzalarni uy ishi sifatida topshirib, va uy vazifasiga beriladiganlarini hozir, o'quvchilarga sinfda bajartirayapman." Va shu joyda bir to'xtab o'tmoqchiman -- (Qarsaklar) Shu yerda bir soniya to'xtalaman, chunki bir nechta qiziq narsalar bor. Bir, o'qituvchilar buni qilishayotganda, bu yerda aniq bir foyda bor. Foydasi shuki hozir o'quvchilari jiyanlarim kabi videolardan bahramand bo'ladilar. Ular o'zlari istagan paytda to'xtatishlari va sauta qo'yishlari mumkin """"" Ammo yanada qiziqrog'i -- BG: Bu juda ajoyib. O'ylaymanki Rahmat. (SK: Rahmat.) Rahmat. (SK: Rahmat) (Olqishlar)